20:30 / 03.01.2019
7 294

Tramp: “Rossiya” Afg‘onistonda urushib to‘g‘ri qilgan ekan va u o‘sha yerga qaytgani ma’qul

Tramp: “Rossiya” Afg‘onistonda urushib to‘g‘ri qilgan ekan va u o‘sha yerga qaytgani ma’qul
AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonda IShID guruhlariga qarshi kurash masalasini muhokama qilar ekan, u yerda AQShdan farqli o‘laroq boshqa mamlakatlar harbiylari jang qilgani maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlagan.

“Nima uchun u yerda Rossiya yo‘q? Nega u yerda Pokiston yo‘q? Nimaga u yerda Hindiston yo‘q?”, — degan Tramp.
O‘z navbatida u Afg‘onistonda 1980-yillarda bo‘lib o‘tgan urush Sovet Ittifoqini inqirozga olib kelgani va undan Rossiyani hosil qilganini qayd etib o‘tgan.

“Rossiya ilgari Sovet Ittifoqi bo‘lgan. Afg‘oniston uni Rossiyaga aylantirdi, chunki ular Afg‘onistonda urush olib borib, inqirozga uchradi.(…) Rossiya Afg‘onistonda bo‘lgan edi, sababi terrorchilar Rossiyaga qarab harakatlana boshladi. Ular(rossiyaliklar — NV) u yerda bo‘lishga haqqi bor edi. Muammo shunda ediki, kurashish qiyin edi. Va ular hech bir mubolag‘asiz inqirozga uchradi. Ular Sovet Ittifoqi deb emas, balki yana Rossiya deb atala boshlandi. Bilasizmi, siz o‘qiyotgan ko‘p joylar Afg‘oniston tufayli endi Rossiyaning bir qismi hisoblanmaydi”, — deya bildirib o‘tgan Tramp.

Sovet Ittifoqi 1979-1988 yillarda Afg‘onistonga bostirib kirgan va uni egallab olgan. Sovet armiyasi Qobul ustidan nazorat o‘rnatish uchun kurash olib borgan turli mujohidlarga qarshi urush olib borgan. Sovet Ittifoqi oradan o‘n yil o‘tib 1988-1989 yillarda ko‘plab yo‘qotishlardan so‘ng o‘z qo‘shinlarini u yerdan olib chiqib ketgan. SSSR 1991 yil 26 dekabr kuni rasman qulagan.

AQSh prezidenti Tramp Afg‘onistondan amerikalik qo‘shinlarni olib chiqib ketilishi haqida hech qanday rasmiy bayonot bermagan. Aynii paytda u yerda qariyb 14 ming nafar amerikalik harbiy bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: “Rossiya” Afg‘onistonda urushib to‘g‘ri qilgan ekan va u o‘sha yerga qaytgani ma’qul