
Qozog‘istonning Semipalatinsk shahrida bir guruh qozoq millatiga mansub yoshlar Ozarbayjonliklarga tegishli «Boku» kafesini vayron qilishga urinib ko‘rishdi. Shu yo‘l bilan ular yangi yil kechasi Qarag‘andadagi «Qadimiy Rim» restoranida halok bo‘lgan 23 yoshli qozoq yigitning o‘chini olishga ahd qilishgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘shanda restoranda katta mushtlashuv yuzaga kelgan. Mushtlashuvda uch nafar arman millatiga mansub yigitlar ham ishtirok etgan. Ularning ikki nafari qo‘lga olingan, bir nafari qochib ketgan. Hozirda uni politsiyachilar qidirmoqda.
Darvoqe, huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari qozoq yigitlarini o‘z vaqtida to‘xtatib qolishdi. Kafe jabr ko‘rmadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar