Bishkekning markaziy maydoni Ala-Tooga Qirg‘izistondan xitoylik noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborish talabi bilan bir necha yuz kishi chiqdi. Namoyishchilar, shuningdek, hukumatdan Xitoydagi “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”da ushlab turilgan qirg‘izlarning ozod etilishida ko‘mak ko‘rsatishni talab qilishgan deb yozmoqda Kun.uz nashri.
“Respublikamizda bir necha yuz va balki undan ko‘proq xitoylik noqonuniy ravishda qolmoqda. Ular bozorlarda, tog‘-kon va boshqa sohalarda ishlaydilar. Biz ularning deportatsiya qilinishini talab qilamiz”, deb aytgan namoyishchilardan biri.
Namoyishchilar agar hukumat ularning talablarini inobatga olmasa, unda 17 yanvarda yana shunday talablar bilan namoyish o‘tkazishlarini aytishgan.
Avvalroq Xitoy shimolidagi Sinszyan-Uyg‘ur muxtor okrugida mahalliy aholi (uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar, o‘zbeklar) “qayta tarbiyalash”ga jo‘natilayotgan siyosiy lagerlar faoliyat yuritayotgani ma’lum qilingan. 2018 yilda bunday “tarbiyalanuvchilar” soni 1 millionga yaqinni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi