Ukraina huquq tartibot organlari pora tariqasida 200 dollarni olgan chegarachini qo‘lga olishdi. Chegarachi ushbu pulni yeb qo‘yishga harakat qiladi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina milliy politsiya xizmatiga asosan xabar qildi.
Politsiya xabarida aytilishicha, chegarachi pul evaziga Vengriya chegarasida joylashgan “Lujanka” punkti orqali Yevropa ittifoqi hududiga sigaret olib o‘tilishiga ko‘maklashgan.
“Huquq tartibot organ xodimlari chegarachi bir ming dollar talab qilganligini qayd etishdi... inspektor 200 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Jinoyat ashyosini yo‘q qilish va javobgarlikdan qochish maqsadida chegarachi bu pulni yeb qo‘yishga harakat qiladi”, - deyilgan politsiya xabarida.
Ushbu holat yuzasidan “pora olish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Lujanka” nazoratdan o‘tish joyidan boshqa xodimlarining korrupsiyaga aloqadorligi tekshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi