
Xitoy milliy koinot boshqarmasi “Chan’e-4” avtomatik sayyoralararo stansiyasining Oyning orqa tomoniga qo‘nishi videosini e’lon qildi.
Videoda qo‘nishning asosiy bosqichlari: orbitadan chiqish uchun tormozlash, qo‘nish vaqtida manyovrlar bajarish, qo‘nish joyi ustida muallaq turish va qo‘nish tasvirlangan.
China National Space Administration releases video recording of entire soft landing on moon's far side by China's #ChangE4 probe pic.twitter.com/bbp1ul2gq7
— CGTN (@CGTNOfficial) January 11, 2019
“Chan’e-4” qurilmasi fazoga 2018 yil 7 dekabrda Changzheng 3B raketasi yordamida olib chiqilgan. 12 dekabrda qurilma Oy atrofidagi orbitaga chiqib, 3 yanvarda unga qo‘nishni amalga oshirgan. Qurilmaning qo‘nish joyi sifatida Oyning janubiy qutbi yaqinidagi Fon Karman kraterining janubiy qismi tanlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar