Italiyada umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan terrorchi Chezare Battisti qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi. Italiya hukumati Battisti ortidan tergovchilar va tashqi razvedka xizmati agentlari bo‘lgan samolyotni jo‘natgan.
Battisti “Qurollangan proletariylar – kommunizm uchun” ekstremistik tashkilotining yetakchisi bo‘lgan. U 1977-1979 yillarda sodir etilgan 4 ta siyosiy qotillik uchun qamoq jazosiga mahkum qilingan. Italiya terrorchining ekstraditsiya qilinishini 40 yilga yaqin kutgan.
Battisti turli yillarda Fransiya, Meksika va Braziliyada yashirinib yurgan. U Braziliyada 2007 va 2017 yillar hibsga olingan, biroq vataniga topshirilmagan. Boz ustiga u 2011 yilda Braziliyada yashash uchun ruxsat olgan. Bu esa Rio-de-Janeyro va Rim o‘rtasidagi munosabatlarda taranglikka olib kelgan.
Dekabrda Braziliyaning sobiq prezidenti Mishel Temer Battisti ushlansa, ekstraditsiya qilinishi haqidagi farmonni imzolagan. Braziliyaning saylangan prezidenti Jair Bolsonaru Battistining hibsga olinishi “Italiya uchun sovg‘a“ bo‘lishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi