08:47 / 14.01.2019
2 529

AQSH kongressiga Trampning tarjimonlari chaqirtirilishi mumkin

AQSH kongressiga Trampning tarjimonlari chaqirtirilishi mumkin
AQSH vakillar palatasining ikkita qoʻmitasi huquqshunoslari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvlarida ishtirok etgan tarjimonlarni koʻrsatmalar berish uchun chaqirtirish imkonini muhokama qilishmoqda. Bu haqda oʻz manbalariga iqtibos keltirgan holda ABC News telekanali maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, razvedka va tashqi ishlar qoʻmitalari huquqshunoslari 14 yanvarda uchrashadilar.

Washington Post nashrining maʼlum qilishicha, Tramp oʻz maʼmuriyatidan Putin bilan suhbatlari tafsilotlarini yashirgan. Buning natijasida hattoki maxfiylashtirilgan fayllarda ham Trampning Putin bilan oxirgi ikki yil ichida 5 ta joydagi suhbatining birorta batafsil yozuvi qayd qilinmagan.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, gap jumladan Trampning Putin bilan 2017 yil Gamburgdagi uchrashuvi haqida ketmoqda. Bu uchrashuvdan keyin Tramp tarjimoni qayd qilgan yozuvlarni oʻzi bilan birga olib, undan maʼmuriyat aʼzolari tomonidan suhbat vaqtida aytilganlarni muhokama qilmaslikni talab qilgan. Taʼkidlanishicha, bu holat “bir qator savollarni tugʻdirgan”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH kongressiga Trampning tarjimonlari chaqirtirilishi mumkin