06:27 / 15.01.2019
4 325

Afg‘onistonda Kanada bosh vazirining “egizagi” topildi

Afg‘onistonda Kanada bosh vazirining “egizagi” topildi
Afg‘onistondagi iste’dodlar shousi Afghan Star ishtirokchisi Abdulsalom Maftun Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga o‘xshashligi sababli o‘z yurtidan tashqarida ham mashhurlashib ketdi. “Afg‘oniston yulduzi” nomiga da’vogarning o‘zi Kanada bosh vaziri haqida ilk bor tanlov hakamidan bilgan.

Afg‘on qo‘shiqchisining Tryudoga o‘xshashligini aytganlardan biri tanlovning kanadalik hakami Kays Ulfat bo‘lgan. Qo‘shiqchining o‘zi Kanada bosh vaziriga o‘xshashligi unga shouda g‘alaba qozonishga yordam berishiga ishonmoqda. “Odamlar mening ismimni eslaridan chiqarib qo‘yganlar va endi barcha meni “Jastin Tryudo” deb atamoqda”, deb aytgan Maftun.

Maftunning repertuari romantik xalq qo‘shiqlaridan tashkil topgan. U tanlovdagi ishtirokigacha to‘ylar va tug‘ilgan kunlarda qo‘shiq kuylab va turli musiqiy asboblarda musiqa ijro etib pul topgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda Kanada bosh vazirining “egizagi” topildi