date

Shotlandiyada “Ebola” bilan zararlangan birinchi bemor aniqlandi

Shotlandiyada “Ebola” bilan zararlangan birinchi bemor aniqlandi

Serra-Leonedan xizmat safaridan qaytgan shotlandiyalik tibbiyot xodimida “Ebola kasalligi” belgilari aniqlangan. Bu haqda dushanba kuni “Reuters” axborot agentligi mahalliy hukumat ma’lumotiga asoslanib xabar beradi.

Xabarda yozilishicha, hozirda bu bemor Glazgo shahridagi Gartnavel shifoxonasida davolanmoqda. Asli tibbiyot xodimi bo‘lgan ushbu shaxs Shotlandiyaning Xitrou aeroportiga 28 dekabr kuni Kasablankadan uchib kelgan. U kunning ertasigayoq shifoxonaga olib borilgan.

Avvalroq Buyuk Britaniyada “Ebola” bilan kasallanish bilan bog‘liq faqat bir holat aniqlangan edi. Serra-Leoneda epidemiya bilan zararlangan yana bir tibbiyot xodimi Uilyam Puli Londonda davolanib, yana G‘arbiy Afrikaga jo‘natilgan.

Ma’lumot uchun, epidemiya tarqalgandan buyon 2013 yilning dekabridan hozirga qadar 20 ming odam kasallangan va ularning 7,5 mingdan ortig‘i olamdan o‘tgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar Liberiya, Gvineya va Serra-Leone bo‘lib qolmoqda.

Manba: kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shotlandiyada “Ebola” bilan zararlangan birinchi bemor aniqlandi