date
views 6 730

Tayvanda ayol yubkasi tagida 24 ta sichqon olib o‘tmoqchi bo‘ldi (foto)

Tayvanda ayol yubkasi tagida 24 ta sichqon olib o‘tmoqchi bo‘ldi (foto)
Tayvan bojxonasida etaklari ostida 24 ta qumsichqon olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 60 yoshlik ayol Xitoydan qaytayotganda qo‘lga olingan. Ayolning g‘alati yurishlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Tekshiruvlar natijasida ayol etagi ostida 24 ta qumsichqon bekitganligini aniqlangan. Ularning har biri alohida kapron paypoqlarda bo‘lib, oyoqlariga bog‘langan holda bo‘lgan.

Ayolning ta’kidlashicha, ularni do‘stlariga sovg‘a qilish uchun Xitoydan sotib olgan.

Bojxona xizmatchilari esa uni bojxona tekshiruvining nozik nuqtasini aniqlash maqsadida jinoiy tashkilot bilan til biriktirganlikda gumon qilmoqda. Ularning taxminiga ko‘ra, ayol pul ishlab olishni maqsad qilgan bo‘lishi ham mumkin. Chunki Tayvanda qumsichqonlar Xitoyga qaraganda ikki baravar qimmat.

Foto: «Korrespondent.net»

Foto: «Korrespondent.net»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tayvanda ayol yubkasi tagida 24 ta sichqon olib o‘tmoqchi bo‘ldi (foto)
-->