Afg‘onistonning amaldagi prezidenti Ashraf G‘ani 2019 yilgi prezident saylovida qatnashish uchun o‘z nomzodini qo‘ydi.
"Iyulda bo‘ladigan saylovda Amrullo solih va Sarvar Donish bilan bir jamoada nomzodimni ro‘yxatga qo‘yish men uchun sharafdir. Biz davlat quruvchilari bo‘lganimiz tufayli e’tiborimizni kuchli, mustaqil davlat barpo etishga qaratamiz", deb yozdi G‘ani Twitter sahifasida.
Afg‘onistonda prezident saylovi 20 iyulda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.
Prezidentlik uchun kurashga Afg‘oniston sobiq bosh vaziri, Islom partiyasi yetakchisi Gulbiddin Hikmatyor, "Afg‘oniston milliy kongressi" partiyasi rahbari Latif Pedram, Afg‘oniston Xalq-demokratik partiyasining sobiq faoli Muhammad Hakim Torsun, sobiq tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul, sobiq ichki ishlar vaziri Nur Ul Haq Ulyumi, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar va Masud fondi rahbari Ahmad Vali Masud kirishishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin