KXDR Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinganini ma’qulladi

Dunyo1 daqiqa o'qish7K
KXDR Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinganini ma’qulladi
KXDR Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinganini ma’qulladi

Rasmiy Pxenyan Qrimning Rossiyaga tarkibiga qo‘shib olinganini ma’qullaydi va bu o‘zini oqlagan harakat deb hisoblaydi. Bu haqda, Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot va axborot departamenti direktori Chjon Don Xakning intervyusiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Shimoliy koreyalik amaldor Ukrainadagi voqealar munosabati bilan Rossiya xalqiga o‘z marralarini munosib himoya qilishni tilab, hozirgi vaqtda Rossiyaga qarshi xalqaro kampaniya “AQSh va G‘arb mamlakatlari” tomonidan uyushtirilganini ta’kidlagan.

Chjon Don Xakning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Pxenyan “o‘z milliy manfaatlari uchun qat’iy kurashayotgan Rossiyaning nuqtai nazarini adolatli deb hisoblaydi”.

Diplomat, shuningdek, zamonaviy jahon siyosatini beqarorlashtirib turgan omillarni ham sanab o‘tgan. Unga ko‘ra, bu – Ukrainadagi siyosiy inqiroz va Yaqin Sharqda “Islom davlati” terrorchilik tashkilotining borligi.

Bundan tashqari, Chjon Don Xak KXDR Rossiya bilan do‘stlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Xususan, 2015 yilning mayida, Ikkinchi Jahon urushida erishilgan g‘alabaning 70 yilligi tantanalarida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Moskvaga kelishi kerak. Bu uning KXDR yetakchisi sifatida ilk xorij safari bo‘ladi.

Qrim 2014 yilning mart oyida, yarimorolda mintaqaning maqomi xususida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan edi. Rasmiy Kiev, shuningdek G‘arb davlatlari ushbu qarorni qoralashgan – Yevropa Ittifoqi a’zolari va NATO Rossiyani Ukrainaning ichki ishlariga qurolli yo‘l bilan aralashishda ayblab chiqishgan.

Manba: Kun.uz

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?