Xitoyning “sirli va eng mukammal” qit’alararo ballistik raketasi DF-41 Pekinda 2019 yil 1 oktyabrda Xitoy tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan paradda namoyish qilinishi mumkin. Bu haqda CCTV’ga iqtibos keltirgan holda Global Times nashri ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, xitoylik harbiylar yanvarda DF-41’ning sinovlarini davom ettirishgan.
CCTV telekanalida ta’kidlanishicha, Xitoy ballistik raketalarining uch avlodi (DF-5, DF-31 va DF-41) bir necha o‘n metr og‘ish bilan 10 ming kmdan ziyodroq uzoqlikdagi nishonlarni yo‘q qila olishi mumkin.
DF-41 Xitoyning eng kuchli raketasi hisoblanadi. Turli manbalarga ko‘ra, uning uchish uzoqligi 13-15 ming kmni tashkil qiladi. Taxmin qilinishicha, raketa 25 Max soni (1 Max taxminan 1200 km/soat) tezligida ucha oladi va 12 ta individual nishonga olish blokiga ega, bo‘linuvchi kallakni tashishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)