
Turkiyaning Antalya shahrida quyun yo‘lovchilarni aeroport binosidan samolyotga olib ketayotgan avtobusni ag‘darib yubordi. Bu haqda Daily Sabah gazetasi xabar berdi.
Quyun shuningdek, yana bir avtobus, miniven va ikkita trapni ag‘darib tashlagan. Bundan tashqari, ikki samolyot va politsiya vertolyotiga shikast yetgan. Hodisa natijasida 12 kishi jarohatlangan.
Powerful tornado sweeping through #Antalya airport in Turkey — it’s caused quite some damage to both commercial aircraft & ground equipment pic.twitter.com/uzUcIAu5lS
— Alex Macheras (@AlexInAir) January 26, 2019
Antalyada keyingi to‘rt kun ichida beshinchi marta quyun sodir bo‘ldi. Hukumat kuchli shamol ortda qolganini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar