AirAsia rahbari yo‘qolgan samolyot yo‘lovchilarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi

AirAsia aviakompaniyasi rahbari Toni Fernandes aviakompaniyaga tegishli va Yava dengizida halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari va ekipaji a’zolarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda kun.uz.
“QZ8501 reysiga aloqador barcha oilalar bilan birga qayg‘udaman. AirAsia nomidan ta’ziya bildiraman. Qanchalik afsusda ekanimni so‘z bilan ifodalar bera olmayman”, – deb yozdi Fernandes o‘z tvitterida.
Fernandesning qo‘shimcha qilishicha, u reys yo‘lovchilarining qarindoshlari yig‘ilgan Indoneziyaning Surabaya shahriga yo‘l olgan.
Avvalroq, Yava dengizining AirAsia samolyoti halokatga uchragan qismida bir necha o‘nlab yo‘lovchilarning jasadlari topilgani haqida xabar berilgan edi.
AirAsia’ga tegishli Airbus A320-200 samolyoti 28 dekabr kuni Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga uchib ketayotganida radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyot bortida 162 kishi bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing