Suriyada Bashar Asadning Rossiya va Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi ittifoqdoshlari oʻrtasida toʻqnashuv chiqdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi Suriyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Suriya armiyasining Rossiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi nufuzli tuzilmasi “Yoʻlbars kuchlari”ning 5-brigadasi va Bashar Asadning kichik ukasi Mohir Asad qoʻmondonligi ostidagi 4-diviziya oʻrtasida nizo chiqqan.
Ayni vaqtda ikki kuchlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar Hamo viloyatining bir qator aholi punktlarida davom etmoqda. Oqibatda qurbonlar va yaralanganlar bor, ularning aniq soni maʼlum qilinmagan. Toʻqnashuvlar davomida ogʻir qurollar, jumladan tanklar qoʻllangan.
Taʼkidlanishicha, ixtilofning avj olishi hududda Eronning taʼsirini kamaytirishga urinish bilan bogʻlangan.
Rossiya Eron va Turkiya bilan Suriyadagi ixtilofni tinchlik yoʻli bilan hal qilishda kafil davlatlar hisoblanadi. Eron kuchlari Suriyada hukumat qoʻshinlariga jangarilarga qarshi kurashishda koʻmak koʻrsatadi. Isroil va AQSH esa Eronning Suriyadan ketishini talab qilib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!