07:08 / 29.01.2019
4 668

AQSHda oʻrmonda yoʻqolib qolgan bola uni ayiq qutqarib qolganini aytdi

AQSHda oʻrmonda yoʻqolib qolgan bola uni ayiq qutqarib qolganini aytdi
AQSHning Shimoliy Karolina shtatidan boʻlgan 3 yoshli bola ikki kun oʻrmonda adashib yurgandan keyin uni ayiq qutqarib qolganini soʻzlab berdi. Bu haqda Daily Mailʻga tayanib Kun.uz nashri maʼlum qildi.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, bola buvisining uyidagi orqa hovlida akasi va opasi bilan oʻynayotganda yoʻqolib qolgan.
Bolani qidirishga yuzlab koʻngillilar, FQB xodimlari kirishishgan, vertolyotlar va dronlar jalb qilingan.

Qutqaruvchilarni bola yupun kiyinib olgani va minus daraja haroratda muzlab qolishi xavotirlantirgan. Qidirish ishlari yomon ob-havo sababli ikki kungacha choʻzilgan.

Qutqaruvchilar bolani topishganda u shu vaqt ichida oʻrmonda oʻzining yangi “doʻsti” – uni muzlab qolishdan saqlagan qora ayiq bilan boʻlganini soʻzlab bergan.

“Yaratgan uni himoyalash uchun unga doʻst yubordi. Moʻjizalar yuz berib turadi”, deb aytgan bolakayning xolasi.
Shifokorlarning aytishicha, bolakayning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda oʻrmonda yoʻqolib qolgan bola uni ayiq qutqarib qolganini aytdi