
Qarorgohi Ramalloh shahrida boʻlgan Falastin hukumati rasman isteʼfo berdi. Bu haqda Asharq Al-Awsat gazetasi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Falastin bosh vaziri Rami Hamdalla boshchiligidagi mahkama toʻliq tarkibda rasman isteʼfoga chiqqan.
Hukumatning barcha aʼzolari yangi mahkama shakllanguniga qadar oʻz vazifalarini bajarishda davom etishadi.
Avvalroq mamlakat prezidenti boshchiligidagi FATH harakati markaziy qoʻmitasi Falastin ozodlik tashkilotining barcha fraksiyalarini oʻz ichiga olgan yangi hukumatni shakllantirishni tavsiya qilgandi.
Bosh vazirning rasmiy vakili Yusuf al Mahmudning aytishicha, “bosh vazir mahkamani Abbos ixtiyoriga topshirgan”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar