Rim papasi Fransisk BAAga keldi

Rim papasi Fransisk BAAga keldi
Kecha, 3 fevral kuni Rim papasi Fransisk uch kunlik tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga keldi, deya xabar bermoqda “Azon.uz” nashri.
Bu Rim-katolik cherkovi rahbarining Arab yarimoroliga ilk bor kelishidir. Fransiskni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd Nahayyon taklif qilgan.

Katolik cherkovi yetakchisi bugun BAAda “Insoniy birodarlik” mavzusidagi xalqaro dinlararo konferensiyada ishtirok etadi. 5 fevral kuni esa Abu-Dabidagi “Zayd Sport Siti” majmuasida nasroniylar ibodati bo‘lib o‘tadi, unda 135 ming katolikning ishtirok etishi kutilmoqda.
BAAda asosan Filippin va Hindistondan kelgan taxminan 1 million nasroniy yashaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar