Iroqda shia ziyoratchilarini olib ketayotgan avtobus portlatilgan, deya xabar beradi «Daryo».
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va yaralanganlar bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi moslama Saloh al-Din viloyatidagi Balad shahrining janubida yo‘lning yon tomoniga o‘rnatilgan.
Yana ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar avtobusni o‘qqa tutgan. Hujum oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, sakkiz kishi tan jarohati olgan.
Ta’kidlash joizki, ziyoratchilar Baladdagi shia maqbarasiga yo‘l olgan bo‘lgan. Iroqda faoliyat ko‘rsatgan terrorchilik guruhlarining hech biri javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda