Hindiston aeroportida yo‘lovchining bagajidan bir oylik qoplon topildi, deya xabar bermoqda «Kun.uz».
Ta’kidlanishicha, Tailanddan Hindistonga kelgan aviayo‘lovchi bojxonachilar sumkasidan qoplon bolasini topishgach, aeroportda qo‘lga olindi.
Erkak aeroport xodimlari uning yukidan kelayotgan g‘alati tovushni eshitishganidan so‘ng shubha uyg‘otgan, sumkada esa og‘irligi taxminan bir kilogramm bo‘lgan qoplon bolasi yashirib qo‘yilgan.
«Hayvon shok holatida bo‘lib, asabiy tovushlar chiqargan hamda kuchsiz ko‘rinardi», - deya aytib o‘tishdi aeroport vakillari.
45 yoshli qo‘lga olingan erkakning nomi oshkor etilmayapti, u bojxona xodimlari yuk haqida savol berishganida, «tushunarsiz javoblar qaytargan». Ayni paytda rasmiylar gumonlanuvchi xalqaro kontrabanda tashkilotiga a’zoligini aniqlashga urinmoqdalar.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qoplon bolasi Chennaydagi zoologiya bog‘iga olib borilgan, u yerda unga g‘amxo‘rlik qilishyapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi