Shu kunlarda Shimoliy Osetiyadagi bir guruh aktivistlar Kavkaz xalqlari orasida qadimiy urf hisoblanmish kelin o‘g‘irlashni taqiqlashga oid imzo yig‘ishga kirishdi. Aktivistlarning aytishicha, bu urfda hech qanday romantika mavjud emas. O‘g‘irlab ketilgan kelinlarning o‘zi keyinchalik bu haqda eshitishni ham istashmayapti ekan.
— Biz osetin xalqi, — deyiladi kelin o‘g‘irlanishiga qarshi bitilgan chaqiriqda. — Bu qadimiy urf-odatni yovvoyilik va hurmatsizlik sifatida qabul qilamiz. Qizlarimizni kuppa-kunduzi katta ko‘cha o‘rtasida ko‘tarib olib xuddi qo‘y kabi mashinaga ortishadi-yu, qochib qolishadi. Bu g‘irt sirk tomoshasining o‘zi-ku! Qachon unga barham beramiz?..
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan asr o‘rtalarida Kavkazda kelin o‘g‘irlash an’anasi qisman barham topgandi. Ammo to‘qsoninchi yillarga kelib bu odatga yana yuz foiz amal qila boshlashdi. Ammo o‘shandan beri kelin o‘g‘irlashga qarshi hukumatlar miqyosida keskin kurash olib borilmoqda. Kimki qizi yoki singlisi qalliq tarafidan o‘g‘irlab ketilgani haqida politsiyaga xabar bersa, albatta jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Masalan, 2018 yil dekabrida Ingushetiyada qizning akasi shikoyat qilgach, singlisini o‘g‘irlab ketgan 23 yoshli yigit qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Osetiyada esa bu holat sal boshqacharoq. O‘g‘irlab ketilgan qizlarning o‘zi ham qalliqqa qarshi hech qanday e’tirozi yo‘qligini bayon qilib turgandan keyin politsiyachilar nima qilsin?
Agar aktivistlarning chaqirig‘i, Osetiya rahbarlariga yo‘llaydigan talabnomasi ish bersa, bu respublikada qiz o‘g‘irlashga albatta barham beriladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi