Avstraliya politsiyasi voyaga yetmagan qizlarni majburiy nikohlash bilan bogʻliq 100 dan koʻproq holatni tergov qilmoqda. Qizlardan baʼzilari 6 yoshga ham toʻlmagan boʻlgan.
Mutaxassislarning fikricha, bu raqamlar aysbergning uchi boʻlishi mumkin. UNSW Youth Law Australia (YLA) direktori Metyu Kilining izoh berishicha, nikoh qurishga majburlanuvchi bolalar yordam soʻrab murojaat qilishga qoʻrqadilar. Boshqa hollarda esa qizlar bor haqiqatni oshkor qilsalar, ota-onalari qamoqqa joʻnatilishlari mumkinligidan xavotirlanadilar.
Bunday holatlar Avstraliyaning har bir shtatida, biroq eng koʻp miqdorda Yangi Janubiy Uelsda aniqlangan. Misol uchun, 15 yoshli Serena ismli qiz ota-onasi uni boshqa davlatdagi keksa qarindoshiga “oila rishtalarini saqlab qolish” uchun turmushga bermoqchi boʻlganda oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan.
Hozirda Avstraliya tashqarisida qancha qiz turmushga chiqishga majburlanayotgani nomaʼlumligicha qolmoqda. YLA bunday kelishuvlar qurbonlariga vaziyatga eʼtibor jalb qilish uchun aeroportlarda baqirishni tavsiya qilmoqda.
Avstraliya qonunlariga koʻra, 18 yoshga toʻlmagan shaxsni turmush qurishga majburlash 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadigan jinoyat hisoblanadi. Baʼzi hollarda sud orqali nikoh qurish yoshi chegarasini 16 yoshgacha pasaytirishga erishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi