
Rossiyadagi Afg‘oniston veteranlari uyushmasi rahbari, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mita a’zosi, zaxiradagi polkovnik Frans Klinsevich 1986-1988 yillarda Afg‘oniston hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
Sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilganining 30 yilligi arafasida Klinsevich Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenkoga Afg‘onistonning 30 yillik tarixi boshqacha bo‘lishi mumkinligi xususida gapirib berdi.
"Afg‘onistonning hozirgi 30 yillik tarixi boshqacha bo‘lishi mumkin edi va bo‘lardi ham, agar 1992 yilda Yelsin xoinlik qilmaganida. Bizning Afg‘oniston bilan munosabatlarimiz ham mutlaqo boshqacha bo‘lar edi, biz bugungi kunda eng avvalo AQSh va G‘arb davlatlari maxsus xizmatlari sayi-harakatlari tufayli yuzaga kelgan Markaziy Osiyodagi notinchlik singari tahdidlarga duch kelmas edik.
Prezident Najibulla 1992 yil toliblar to‘ntarishi arafasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tank va bronetransporterlar zapravkasi uchun Rossiyadan bor-yo‘g‘i 500 tonna dizel yoqilg‘isi so‘ragan. Ammo bu vaqtda Moskvada SRUga ishlaydigan maslahatchilar bisyor bo‘lib, ular yoqilg‘ini yetkazib berish maqsadga muvofiqligini bildirishgan. Shunday qilib Yelsin Najibulla iltimosiga rad javobini bergan, vaholanki, unga qadar Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalar vaqtida biz kuniga ming tonnalar yoqilg‘i sarflaganmiz. Ushbu siyosiy qaror bahosi esa oddiy - bugungi kunda butun dunyoda terroristik tahdidlar kuchaydi, "Al-Qoida", "islom davlati" va boshqa ekstremistik tashkilotlar rivoj topdi, narkotrafikning esa cheki yo‘q", - dedi Xrolenkoga bergan intervyusi davomida Klinsevich. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar