16:16 / 17.02.2019
6 587

Qozog‘istonlik kollej o‘quvchisi xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi (foto)

Qozog‘istonlik kollej o‘quvchisi xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi (foto)
Qozog‘istonlik 17 yoshli Gulbonu Madiyorova Singapurda Miss Heritage International 2019 xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib chiqdi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Gulbonu tanlovda Markaziy Osiyo nomidan qatnashdi. Undagi g‘oliblik Sharqiy Osiyo davlatlarida xayriya loyihalarida qatnashish, dunyoning turli mamlakatlaridagi xalqaro tanlovlar mukofotlash marosimlarida ishtirok etish imkonini beradi.

Foto: Tengrinews

Qozog‘istonlik qiz bosh mukofotdan tashqari Miss Face of Ambassador Heritage 2019 va Miss Ethnic Heritage 2019 nominatsiyalarini ham qo‘lga kiritdi.

Foto: Tengrinews

Gulbonu Madiyorova Olmaotadagi «Qaynar» kollejida iqtisod yo‘nalishida o‘qiydi. Go‘zallik tanlovlarida 2016 yildan beri qatnashib kelmoqda.








Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik kollej o‘quvchisi xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi (foto)