Pentagon Rossiya va Xitoyga qarshi jangovar harakatlar olib borishning yangi strategiyasini ishlab chiqmoqda. Uning mohiyati raqib hududiga “yashirincha bostirib kirishdan” iborat. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i general Devid Goldfayn Vashingtondagi Bruking tadqiqot institutidagi nutqida aytib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Goldfaynning aytishicha, yangi strategiyani ishlab chiqish Rossiya va Xitoy tomonidan “tahdidlar”ga javoban boshlangan, uni ishlab chiqish jarayoni bir yilcha vaqt va 135 mlrd dollarga yaqin xarajatni talab qiladi.
Generalning ta’kidlashicha, yangi strategiyada qo‘shinlarning barcha turlari jalb qilinadi, unda bosh rolni F-35 qiruvchi samolyotlari o‘ynaydi.
Goldfaynning ma’lum qilishicha, yangi strategiya mohiyati raqibning kuchli tomonlari bilan to‘qnashuvdan qochib, uning zaif joylariga zarba berishdan iborat. “Bu ham madaniy, ham texnik jihatdan tub o‘zgarishlardir”, deb aytgan general va ushbu strategiya AQSh qo‘shinlariga raqib oldida “assimmetrik ustunliklar” berishini qo‘shimcha qilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, AQShning yangi strategiyasi “troyan ot” taktikasini eslatadi, biroq Rossiya va Xitoyda amerikaliklarga qarshi muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin bo‘lgan zamonaviy qurollar borligi hisobga olinsa, AQSh bu g‘oyani qanday amalga oshirishi jumboqdir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi