Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma’lum qilishicha, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan faqat «kuch pozitsiyasidan» foydalangan holda gaplashish mumkin. Bu haqda u Fox News’ga intervyuda aytib o‘tdi.
Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti ma’muriyati «Putin xavfli ekanini» tushunmoqda.
«U (Putin) Rossiya imperiyasi, sovet ittifoqi uyg‘onishi, qayta tiklanishini xohlaydi. Unda o‘z maqsadlariga erishish uchun yengib bo‘lmas chegaralar yo‘q», - dedi Poroshenko.
Shuningdek, Poroshenko Putin bilan telefon orqali suhbatlashishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish haqida gapirdi.
Ukraina yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi marta u Putinga 25 noyabr kuni qo‘ng‘iroq qilishga uringan.
«Men unga «nima bo‘lyapti?» deb so‘rash uchun qo‘ng‘iroq qildim, u javob bermadi», - dedi Poroshenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Putinda, ehtimol, «aytish uchun hech narsa» bo‘lmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi