Foto: «News.cn»
Xitoylik olimlar mikroto‘lqinli radiolokatsiya stansiyasi tamoyili asosida ishlaydigan yangi harbiy texnologiyaning ustida ishlamoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu ishlanmaga ommaviy qirg‘in quroli sifatida qaralmasligi kerak. Uni terrorizmga qarshi kurashda va davlat chegaralarini himoya qilishda qo‘llash rejalashtirilmoqda.
Rasmiy ravishda, loyiha «Faol himoyaning mikroto‘lqinli tizimi» deb ataladi. Ushbu qurol teri ostidagi asab tolalarini falaj holga keltirish va dushmanda og‘riq uyg‘otish orqali «nishon»ni zararsizlantiradi. Shunday qilib, terrorchilar yoki boshqa tajovuzkorlar faol harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Xabarda ta’kidlanishicha, qurolning tashqi ko‘rinishi shahar texnik xizmatining mikroavtobuslaridan farq qilmaydi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, ular ikki xil turdagi qurol ishlab chiqargan. Biri alohida shaxslarni zararsizlantirsa, ikkinchisi butun bir guruhni yaroqsiz holga keltiradi.
«Mikroto‘lqinli qurol» bir qancha malakali bo‘lim va xizmatlarning nazorati ostida sinovdan o‘tkaziladi. Sinov natijalari va jarayoni maxfiy bo‘lsa ham, asosiy qurol yengil vaznga egaligi, ixchamligi, va shuning uchun dushmanni zararsizlantirish operatsiyalarida keng qo‘llanilishi hozirdan ma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)