Yaqinda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Quvayt telekanali muxbiriga bergan intervyusida shu masalaga alohida urgʻu berib oʻtdi. Vazirning aytishiga qaraganda, Suriyadagi dunyoda faoliyati taʼqiqlangan “ISHID” jangari kallakesarlar guruhi ustidan toʻliq gʻalabaga erishildi.
Ammo bu butkul boʻshashgan holda eʼtiborsiz qolish kerak degani emas. Negaki, Suriyaning burchak-burchaklarida bekitiqcha faoliyat yuritayotgan, navbatdagi xunrezliklarga zoʻr berib hozirlik koʻrayotgan jangari guruhlar, yacheykalar baribir topiladi.
Masalan, Idlib shahrining bir qismi hanuz “Xayyat Taxrir ash-Sham” jangarilari nazorati ostida turibdi. Agar Turkiya tarafi soʻzida turib, Rossiya hamda Eron bilan hamkorlikda Idlib shahrida harbiy harakatlarni boshlasa, bu hudud ham kallakesarlardan toʻliq tozalangan boʻlardi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi