
Amerikaning Vermont shtatidagi Ferxeyven shaharasida yangi mer paydo boʻldi. Bu uch yoshli Nubiya echkisining ismi Linkoln. Mazkur saylovlarda 13 ta hayvon ishtirok etdi. Linkoln esa 53 ta ovoz yigʻib, Semmi laqabli itdan ham oʻzib ketdi.
“Hayvonlar oʻrtasida merlikka saylov uyushtirish, bu shunchaki, koʻngilxushlik emas. Bu odamlarni siyosatga qiziqtirishning bir yoʻli. Bolalar ham shundan soʻng ovoz berishga qiziqib qolishadi”, — dedi shahar boshqarmasi amaldori Jo Ganter.
Endi echki Linkoln butun yil boʻyi shahar tadbirlarida ishtirok etadi. U orqali shahar gʻaznasiga kelib tushgan barcha pullar bolalar uchun oʻyin maydonchalari qurishga sarflanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar