Rossiyaning Naberejniye Chelni shahrida siyosiy faollardan boʻlgan Karim Yamadayev prezident Vladimir Putinning “qabrtosh”ini qoʻygan holda hududiy tergov boshqarmasi binosi oldida miting oʻtkazganlikda gumonlanib qoʻlga olindi.
Norozilik aksiyasi 10 mart kuni oʻtkazilgan. Shu kuni Rossiyaning turli shaharlarida Internet erkinligini talab qilib mitinglar oʻtkazilgan. Taxminan soat 08:30 da tergov boshqarmasi binosi oldida metall panjara va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tugʻilgan va “vafot etgan” yillari: 1952—2019-yozilgan “qabrtosh” qoʻyilgan.
Xabarda aytilishicha, ishtirokchilar bunga “Putin erkin internetni dafn qildi, Naberejniye Chelni aholisi Putinni dafn qildi”, — deb izoh bergan.
Karim Yamadayev 10 mart kuni qoʻlga olinib, Naberejniye Chelni markaziy militsiya boʻlimiga olib ketilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi