Foto: Facebook/Raushan Valiullin
VKontakte ijtimoiy tarmogʻi Vladimir Putinning “qabrtoshi” boʻlgan postlarni koʻrib chiqib, uni qaytarishga qaror qildi, deb yozadi Daryo nashri.
Bu haqda VKontakte matbuot kotibi Dmitriy Lushnikov maʼlum qilgan.
“Avvalroq ushbu suratlarda montaj va fotoshop belgilari kuzatilgan. Keyinroq Naberejniye Chelni shahar sudi aksiya haqiqatan ham oʻtkazilganini tasdiqlagan, installyatsiyaning ogʻzaki taʼrifi esa ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratlarga mos kelgan”, — degan u.
Uning taʼkidlashicha, bu tasdiqlanmagan maʼlumotning ommaviy tarqalishiga qarshi koʻrilgan choralarning birinchisi emas. Yuqoridagi vaziyatda suratlarni soxta deb topgani uchun ularni yashirib qoʻyib adashgan, vaziyat oydinlashgach ularni qaytarishga qaror qilgan.
Eslatib oʻtamiz, 10 mart kuni aksiya oʻtkazilib, Rossiyaning Naberejniye Chelni shahridagi hududiy tergov boshqarmasi binosi oldida prezident Vladimir Putinning “qabrtoshi” qoʻyib ketilgan.
VKontakte tarmoqda tarqalgan suratlarni prezidentning oʻlimi haqida tarqatilgan yolgʻon maʼlumot deb topib, ushbu suratlar boʻlgan postlarni oʻchirib tashlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi