date

AQShdagi «qora juma» kunida qurol xarid qilish uchun buyurtmalar soni ko‘paydi

© rt.com

AQShda «qora juma» kuni munosabati bilan qurol xarid qilib olishga buyurtmalar soni oshib ketgan. «USA Today»ning xabar berishicha, bu yil «qora juma»dagi qurol savdosi ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi rekord qayd etilishi kutilmoqda,

O‘tgan yili qurol sotib olish bo‘yicha 144 ming so‘rov qabul qilingan bo‘lsa, Federal tergov byurosi (FTB) ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilgi «qora juma»da 155 mingdan ortiq so‘rov qabul qilingan.

Avvalroq, Chikagodagi «Nordstorm» univermagida «qora juma» chegirmalar kuni doirasida savdo aksiyalaridan birida otishma sodir bo‘lganida, natijada bir kishi halok bo‘lgani, yana bir kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, AQShda har yili Minnatdorlik kuni bayramidan keyingi kunga to‘g‘ri keladigan «qora juma»da do‘konlar, katta savdo tarmoqlari kunning ilk xaridorlariga juda jiddiy va katta chegirmalar taklif qilishadi.

Qayd etish joiz, 2013 yilgi «qora juma» 249 million xaridorni jalb qilgan, ularning har biri o‘rtacha 413 dollar, jami 61,4 milliard dollardan ortiq pul sarflagan. Bu 2012 yildagi ko‘rsatkichdan 2,3 milliard dollarga ko‘p.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQShdagi «qora juma» kunida qurol xarid qilish uchun buyurtmalar soni ko‘paydi