
Yangi Zelandiyada sodir etilgan terrorchilik harakatining ehtimoliy ijrochisi ikki marta Turkiyada boʻlgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Tayip Erdoʻgʻan aytdi, deb xabar berdi Kun.uz.
“Yangi Zelandiyadagi terakt ijrochisi ikki marta Turkiyaga kelgan. Uning Turkiyadagi aloqalarini aniqlash boʻyicha tergov ishlari olib borilmoqda”, - degan Erdoʻgʻan.
Erdoʻgʻanning soʻzlariga koʻra, “terrorchilar hattoki Yangi Zelandiyada ham turk xalqining birdamligi va oʻz qadriyatlariga sodiqligiga toqat qila olishmayapti”.
Eslatib oʻtamiz, 15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan teraktda 4 nafar qurollangan shaxs masjid ichiga kirib, u yerdagi odamlarga qarata oʻq uzgan. Oqibatda 50 kishi halok boʻlgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar