
Sanoati rivojlangan davlatlarda atmosferaga karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga taʼsir koʻrsatishga urinishlar katta muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi sababli ekologlar bu muammoni boshqa tomondan yechishga qaror qildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Soʻnggi paytlarda oʻrmonlarning kengaytirilishi nafaqat atmosferada kislorod manbai, balki ortiqcha antropogen CO2 bilan kurashishning eng kuchli vositasi sifatida ham koʻrib chiqilgan. Albatta, buning uchun koʻplab daraxtlar boʻlishi kerak. Yaqinda boʻlib oʻtgan konferensiyada shvetsiyalik olimlar 4 trillion daraxtni ekish muammoga yechim boʻlishini aytgan.

Foto: Travel Ask
Lekin barcha ezgu harakatlar moliyalashtirishga bogʻliq, shuning uchun ushbu tashabbus birinchi yetarli mablagʻ va bunday ulkan loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy-texnik bazaga ega rivojlangan davlatlardan javob kerak. Va, albatta, sayyorada allaqachon 3 trillion daraxt mavjud. Demak, yana bir trillion ekilsa, maqsadga erishiladi.

Foto: Travel Ask “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar