
“Yuventus”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madridda soch koʻchirib oʻtkazish markazini ochdi.
“Imij men uchun juda muhim. Shu sababli boshqa insonlarga nafaqat sochi, balki oʻziga boʻlgan ishonchni qaytarmoqchiman. Hech qachon bunday protseduradan oʻtmaganman, ammo kerak boʻlsa shunday qilaman. Biroq hozir barcha sochlarim oʻzimniki” - deydi Ronaldu.

Oldinroq, forvardning sevgilisi Jorjina Rodriges ushbu markazning rahbari boʻlishi haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. Unda 150 nafar mutaxassis ishlaydi. Bu markazda bir kun ichida 18 kishiga soch koʻchirib oʻtkazish mumkin. Ronaldu ochadigan klinikada eng arzon xizmat 4 ming yevroni tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar