17:10 / 24.03.2019
4 841

Venesuela prezidenti Ertugʻrul sababidan Islomni qabul qilishi mumkin

Venesuela prezidenti Ertugʻrul sababidan Islomni qabul qilishi mumkin
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Turkiyaning mashhur “Tirilish Ertugʻrul” serialini tomosha qilishi jarayonida Islom dinini qabul qilishi mumkinligini aytdi. Hozirda serialning beshinchi – oxirgi fasli efirga uzatilmoqda.

Maduro: “Bu serial haqiqiy Islomni oʻrgatadi. Balki kun kelib u sababidan musulmon boʻlarman”, degan.

Oʻz navbatida Turkiya tashqi ishlari vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli oʻtgan sentyabr oyida Venusuelaga qilgan safarida Maduroga baʼzi bir videolarni koʻrsatadi va prezidentni ularni kuzatib borishga chaqiradi. Chovushoʻgʻlining soʻzlariga koʻra, Nikolas Maduro videolarni tomosha qilganidan soʻng serialdagi barcha shaxsiyatlarning ismlarini sanab beradi va “Tirilish Ertugʻrul”ni katta qiziqish bilan tomosha qilayotganini aytadi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro oʻtgan yili Turkiyaga qilgan safarida “Tirilish Ertugʻrul” serialining suratga olish maydoniga tashrif buyurgan.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirda mazkur serialni dunyoning 85 mamlakatida 1 milliarddan oshiq kishi tomosha qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuela prezidenti Ertugʻrul sababidan Islomni qabul qilishi mumkin