
Foto: “K-News”
Qirgʻiziston Prezidenti Sooronboy Jeyenbekov 2005 yilning 24 martdagi xalq inqilobiga bagʻishlangan sanada xalqqa murojaat qildi. Bu haqda “K-News”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.
«Hurmatli qirgʻizistonliklar! 2005 yilning 24 mart kuni — qirgʻiz xalqining oilaviy boshqaruvga, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi, erkin davlat va adolatli jamiyat qurishdagi eng yorqin sahifalaridan biri boʻldi.
Mart voqealari xalqimizning mustaqilligi va munosib hayoti uchun bukilmas irodasi va qatʼiyatini namoyon etdi. Ushbu sana aynan xalq yagona kuch ekani va qonunsizlikka yoʻl qoʻymasligini isbotlagan.
Afsuski, mart inqilobi oʻz maqsadiga erishmadi. Xalqning halol va adolatli hukumatni qurishdagi porloq orzusi amalga oshmadi.
Ham hukumat, ham jamiyat Aksi voqealaridan, mart va aprel oyi xalq inqilobidan jiddiy dars olishi kerak. Biz oilaviy boshqaruvga hech qachon yoʻl qoʻymaymiz!
Aziz vatandoshlar! Bizning ota-bobolarimiz, Aksi voqealari ishtirokchilari va 2005 va 2010 yil mart va aprel xalq inqilobi ishtirokchilari orzu qilgan erkin, rivojlangan davlat barpo etish xalqlarning hayoti uchun munosib sharoit yaratish bizning asosiy maqsadimizdir. Men Qirgʻizistonga birdamlik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolaman!» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar