Hindiston Yer yaqinidagi past orbitada joylashgan kosmik apparatni muvaffaqiyatli urib tushirib, sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurolga ega dunyodagi toʻrtinchi davlatga aylandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi xalqqa murojaatida maʼlum qildi. Uning chiqishi NDTV tomonidan taqdim etilgan.
Foto: AFP/Narendra Modi
“Hindiston AQSH, Rossiya va Xitoy kabi mamlakatlardan soʻng, kosmik qurolga ega qudratli davlatlar safiga kirdi. Bizning sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurolimiz Yer yaqinidagi past orbitada apparatni muvaffaqiyatli urib tushirdi”, - dedi amaldor.
Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, 300 kilometr balandlikda joylashgan sunʼiy yoʻldoshni yoʻq qilish, Hindiston Kosmik tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti (mamlakat Mudofaa vazirligi tarkibiga kiradi) tomonidan yaratilgan raketa uchirilganidan soʻng “uch daqiqadan kamroq” vaqt ichida sodir boʻlgan.
Modining qayd etishicha, sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurol sinovlari hech qaysi mamlakatga qarshi qaratilmagan va amaldagi xalqaro qonunlarga zid kelmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi