16:43 / 27.03.2019
3 923

Litva sudi SSSR sobiq mudofaa vaziri Yazovni 10 yillik qamoqqa hukm qildi (foto)

Litva sudi SSSR sobiq mudofaa vaziri Yazovni 10 yillik qamoqqa hukm qildi (foto)
Vilnyus (Litva) okrug sudi harbiy jinoyatlar va insonga qarshi jinoyatlarda ayblangan SSSR sobiq mudofaa vaziri Dmitriy Yazovni sirtdan 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

1991 yilning 13 yanvarida Vilnyusda sodir boʻlgan tartibsizliklar boʻyicha ish yuzasidan eshituvlar boʻlib oʻtdi. Litva Bosh prokuraturasi versiyasiga koʻra, SSSR oliy rahbariyati ularni tashkillashtirish ortida turgan. Sudda xuddi shu ayblov boʻyicha KGB sobiq zobiti Mixail Golovatovga ham hukm chiqarildi, u 12 yillik qamoqqa mahkum etildi.

1991 yilning 13 yanvarida Vilnyusda sodir boʻlgan tartibsizliklar
Foto: AP Photo/Alexander Zemlianichenko

94 yoshli Yazov Litvani SSSR tarkibiga qaytarish maqsadida uyushgan harbiylashgan guruhni tashkil etishda ayblanmoqda. Tergov versiyasiga koʻra, 1990 yilda tuzilgan guruhga 160 nafar harbiylar va siyosatchilar kirgan. Sobiq mudofaa vaziri Kommunistik partiya koʻmagida Boltiqboʻyi davlatida hokimiyatni qoʻlga olish rejasini ishlab chiqish haqida koʻrsatma bergan. Rejada davlat boshqaruvi organlari, aloqa yoʻllari va davlat matbuoti, jumladan, Matbuot va telemarkaz uyini egallab olish nazarda tutilgan.

Ayblov xulosasiga muvofiq, SSSR IIV sobiq rahbari Boris Pugo, SSSR KGB raisi Vladimir Kryuchkov, shuningdek, Kommunistik partiya Markaziy qoʻmitasi kotibi va Siyosiy byurosi aʼzosi Oleg Shenin Yazov bilan birgalikda harakat qilgan.

1991 yilgi tartibsizlar ishi doirasida Rossiya, Belarus va Ukrainaning 67 fuqarosi nomi qayd etilgan. Ularning aksariyati sirtdan javobgarlikka tortilgan. Avvalroq, Rossiyaning faqat ikki fuqarosi sud oldida javob bergani maʼlum qilingandi - Vilnyusda yashovchi, 1991 yili 107-motooʻqchilar diviziyasi raketa-artilleriya qurollar xizmati boshligʻi boʻlgan Gennadiy Ivanov, hamda Litvada hibsga olingan, qurolli kuchlar faxriysi, zaxiradagi polkovnik, rossiyalik Yuriy Mel. U, prokurorlar maʼlumotiga qaraganda, teleminoraga hujum paytida sovet tanklaridan birida boʻlgan.

2016 yilda Litva tergovga yordam berish masalasi boʻyicha Rossiyaga murojaat qildi va SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovga Vilnyus okrug sudiga chaqiruv toʻgʻrisidagi hujjatlarni topshirishni soʻradi, biroq Moskva Vilnyusga huquqiy yordam koʻrsatishdan bosh tortdi. 2018 yil 23 iyulda Rossiya Tergov qoʻmitasi Litva Bosh prokuraturasi va sudining shu ish bilan shugʻullanayotgan mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochdi.

1991 yil boshida, Litva SSSRdan ajralib chiqishi haqida eʼlon qilganidan deyarli bir yil oʻtib, Vilnyusda tartibsizliklar boshlandi. 13 yanvarga oʻtar tunda sovet qoʻshinlari shahar telemarkaziga hujum uyushtirdi, amaliyot davomida 15 kishi halok boʻldi, 700dan ortiq inson yaralandi. Ushbu hodisalar yuzasidan Litva prokuraturasi 20 yil muqaddam ish ochgan. 2010 yilda 23 nafar gumondorga (koʻpchiligi rossiyalik, ikkisi - Belarus fuqarosi) nisbatan ishlar boʻyicha belgilangan muddat bekor qilindi. Yevroittifoq hududida gumonlanuvchilar qidiruvga berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Litva sudi SSSR sobiq mudofaa vaziri Yazovni 10 yillik qamoqqa hukm qildi (foto)