
Internet tarmogʻida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Universiada ishtirokchilari bilan oʻtgan uchrashuvda sportchilar bilan suhbatlashish uchun xavfsizlik xizmati xodimini chetga surib qoʻygan video tarqaldi. Rossiya 24 telekanalida koʻrsatilgan ushbu rolik jurnalist Dmitriy Smirnov eʼtiborini tortdi.
“Chetga tur - zabardastsan, sportchilardanam gavdaliroqsan”, - dedi xavfsizlik xizmatiga qarab prezident. Shundan soʻng tan soqchi bir necha qadam orqaga yurdi.
«Подвинься - такой здоровый, здоровей спортсменов!»: Путин отодвинул сотрудника службы безопасности, загородившего камеру pic.twitter.com/3JeZNTNSzC
— Дмитрий Смирнов (@dimsmirnov175) March 27, 2019
Putin sportchilarni yuksak natijalari bilan tabrikladi va ularga kelajakda Olimpiya oʻyinlarida zafarlar quchishini tiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar