
Musulmon taksi haydovchisi baland ovozda azon eshitib ketayotgan haydovchiga eʼtiroz bildirgani uchun mijozi, rus ayolining boshiga urdi. Bu haqda jabrlanuvchining singlisi ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar qilgan.
“Opam mehmonga borish uchun “Yandeks taksi” chaqirtirgandi. Taksi haydovchisi esa yoʻl boʻyi baland ovozda azon eshitib ketayotgan ekan. Opam bunga nisbatan eʼtiroz bildirganida, haydovchi uning boshiga musht tushiribdi. Yana ikki jiyanimning yonida-ya. Ular buvisinikiga yoʻl olgandi. Sayohatlari mana shunday ayanchli tugabdi” – deya yozgan jabrlanuvchining singlisi.
“Yandeks taksi” maʼmuriyati ayoldan kechirim soʻrab, unga 100 rublli promokod sovgʻa qilishdi.
Manba: Hordiq nashri “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar