
Afgʻoniston shimolida “Tolibon” radikal harakati tomonidan birinchi vitse-prezident, general Abdul-Rashid Dustum kortejiga hujum uyushtirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
General Doʻstum avtomobil kortejiga Balx –Jauzjan viloyatiga borayotganda Balx-Shibergan yoʻlida hujum uyushtirilgan. Hujum oqibatida 1 tan soqchisi qurbon boʻlgan ikki nafari jarohatlangan. Birinchi vitse-prezident zarar koʻrmagan.
Xabarda aytilishiga koʻra, Doʻstum ushbu hujum haqida oldindan bilgan, lekin safarini bekor qilmagan. Boʻlib oʻtgan jangda hujumchilar tomonidan ham bir necha jangari yoʻq qilingan va hujumchi guruh boshligʻi qoʻlga olingan.
Bir necha kun oldin general Doʻstum, agar unga imkoniyat berilsa 6 oyda Afgʻoniston shimolini toliblardan tozalashini xabar qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, yil boshidan buyon Tolibon harakati oʻzining hukumatga qarshi faoliyatini keskin oshirgan. Tolibon va hukumat qoʻshinlari orasida koʻplab toʻqnashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Bir necha kun oldin Afgʻoniston Shimolida 170ga yaqin hukumat askarlari hibsga olingani xabar qilingan edi.
AfgʻonistonGeneral DoʻstumTolibon harakatiAvtomobil kortejiJangari guruhBalx viloyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar