
Bloomberg 2 aprelda dunyoning eng boy 500 nafar milliarderini aniqladi. Bunda 4 mlrd dollar va undan yuqori mablagʻi boʻlganlar hisobga olinadi. Roʻyxatda oʻzbekistonliklar ham bor.
Namanganda tugʻilgan va ayni damda Rossiyada yashayotgan 70-oʻrinda qayd etildi. Uning boyligi $16,3 milliardga teng. Usmonovning boyligi bir yilda 2 mlrd dollarga ortgan. Oʻtgan oyda Usmonov 15,5 mlrd dollar bilan 68-oʻrinda qayd etilgandi.
Buxoroda 1963 yilda tugʻilgan, ayni damda Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi egasi boʻlgan Iskander Mahmudov esa 4,8 mlrd dollar bilan 385-oʻrinni egalladi.
Birinchi oʻrin Amazon xoʻjayini Jeff Bezosga nasib qildi (150 mlrd dollar). Uning boyligi yiliga 24 mlrd dollarga ortgan.
Microsoft egasi Bill Geyts esa ikkinchi oʻrinda. Uning boyligi 101 milliard dollarga teng. Uchinchi oʻrinni Louis Vuitton Moet Hennessy xoʻjayini, fransuz Bernar Arno 89 milliard dollar bilan yakunlagan.
Manba: Aniq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar