
Rossiyada 2018 yil yakunlari boʻyicha jinoyatlar soni eng kam va eng koʻp boʻlgan mintaqalar reytingi tuzildi. Roʻyxat RT tomonidan mamlakat Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga asoslangan holda yaratildi.
Taʼkidlanishicha, Chukotka eng xavfsiz hududga aylandi. Bu yerda 748ta huquqbuzarlik holati qayd etilgan. Ikkinchi oʻrinda Nenes muxtor okrugi (857ta jinoyat). Ingushetiya 1,6 mingta huquqbuzarlik koʻrsatkichi bilan eng xavfsiz mintaqalar uchligiga kirdi. Keyingi oʻrinlardan Qalmogʻiston Respublikasi (2,7 ming) va Magadan oblasti (2,9 ming) joy oldi.
Jinoyatlarning katta qismi Moskva (140 mingtadan ortiq) va Moskva oblastida (80,2 mingta) qayd etilgan.
Shuningdek, eng koʻp sodir etilgan jinoyatchilar soni boʻyicha roʻyxatda Krasnodar oʻlkasi (68,1 mingta), Chelyabinsk oblasti (64,8 mingta) va Boshqirdiston Respublikasi (57,4 mingta) bor.
Aniqlik kiritilishicha, jinoyatlarning yarmidan koʻpi oʻgʻirlik jinoyati hissasiga toʻgʻri keladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar