
Moskvadagi «Okeaniya» savdo-ko‘ngilochar markazida akvarium darz ketdi. Bu haqda hodisa guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishdi.
Moskva favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakilining «RIA Novosti»ga ma’lum qilishicha, akvariumda «sezilar-sezilmas yoriq paydo bo‘lgan, suv oyna bo‘ylab sizib chiqmoqda».
«Okeaniya»dagi akvarium balandligi 24 metr bo‘lgan ikkita shaffof akril silindrdan tashkil topgan bo‘lib, unga 1 mln litr dengiz suvi sig‘adi.
Ma’lumot berilishicha, u ichida ekskursion lifti bo‘lgan dunyodagi eng baland silindrsimon akvarium bo‘lib, Amerikaning ICM kompaniyasi tomonidan qurilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar