Polshaning Pushikovo shahrida baxtsiz hodisa yuz berdi. Yuqori tezlikda kelayotgan poyezd yo‘ldan o‘tayotganda temiryo‘l ustiga turib qolgan “Tez yordam” mashinasini urib yubordi.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki shifokor — vrach va feldsher voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Mahalliy TVN24 telekanali xabariga ko‘ra, mashinada bemor bo‘lmagan. “Tez yordam” Pushikovodagi og‘ir bemorni Poznan shahriga yetkazish uchun ketayotgan bo‘lgan. Prokuratura hodisa yuzasidan surishtiruv boshlagani ma’lum qilingan.
Hodisa aks etgan video YouTube portalida tarqaldi.
Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, yo‘l yopiqligiga qaramay “Tez yordam” haydovchisi o‘tishga uringan. O‘ta olmasligini bilib, orqaga qaytganida poyezd kelib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar