Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaning xatti-harakatlarini sanksiyalar bilan tenglashtirdi. Bu haqda BelTAga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi.
U Belarusdan olmalar olib kirishga cheklov joriy qilgan Rossiyaning harakatlarini qoralab chiqdi.
«U yerda shu darajada surbet bo‘lib qolishdiki, hatto bizning qo‘llarimizni qayira boshlashdi», - deya ma’lum qilgan Lukashenko.
Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya g‘arb sanksiyalarini tanqid qilib va ayni paytda o‘z sheriklariga qarshi cheklovlar joriy etib, xato yo‘l tutyapti.
«Ularning o‘zi sanksiyalar ostida bo‘lib turibdi va buni qoralashmoqda. Men ularni bu borada butunlay qo‘llab-quvvatlayman. Shu bilan birga, ular o‘zlarining ittifoqchilariga qarshi shunga o‘xshash qurol bilan kurashmoqda», - dedi Lukashenko.
Avvalroq, Rosselxoznadzor 12 apreldan boshlab Belarusdan olma va nok olib kirishga taqiq qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bundan oldin, Lukashenko fermaga tashrifidan keyin bosh vazir o‘rinbosari, vazir va gubernatorni ishdan haydagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?