Malayziya politsiyasi mamlakat sobiq bosh vaziri Najib Razzoqning rafiqasi Rozma Mansur 1MDB davlat investitsiya fondidan o‘g‘irlangan mablag‘larga pushti brilliantlardan tayyorlangan narxi 23 mln dollarlik taqinchoq sotib olganini aniqladi. Bu haqda politsiya vakili Xalil Azlan ma’lum qildi.
"Najib Razzoqning uyi va qarorgohida o‘tkazilgan tintuvda ushbu taqinchoq chiqmagan bo‘lsa-da, biz uning Nyu-Yorkda sotib olingani to‘g‘risida yetarlicha dalillarga egamiz", - dedi politsiya vakili.
Avvalroq sobiq bosh vazir taqinchoqni uning rafiqasiga Abu-Dabining merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Zayd Ol Nohayon sovg‘a qilganligini aytgandi.
Shu haftada Rozma Mansurga 1,2 mln dollarga yaqin mablag‘ni pora sifatida olganligi bo‘yicha yangi ayblov e’lon qilingandi. Avvalroq unga nisbatan mablag‘ o‘zlashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha 17ta ayblov e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»