Foto: «Kp.kg»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus estradasining tirik afsonasi Alla Pugachyovani yetmish yoshi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Davlat rahbari o‘z tabrigida Pugachyova san’atda yuksak marralarni zabt etganini e’tirof etar ekan, bu bilan rus estradasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgani barobarida hamkasblari ijodiga ham ta’sir ko‘rsatganini alohida ta’kidlab o‘tdi. «Siz sadoqat va professionalizmda namuna, qo‘shiqchilikning asosiy mezoniga aylangansiz», deyiladi tabrikda.
Alla Pugachyova repertuarida besh yuzdan ko‘proq qo‘shiqlar bor. Uning yuzdan ziyod musiqiy albomlari 250 million nusxada tarqalgan. Afsonaning qo‘shiqlari Rossiya va sobiq ittifoq hududidan tashqari Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya, Yaponiya kabi dunyoning ko‘p davlatlarida ham sevib tinglanadi.
Ijodda o‘ta omadli Alla xonimning shaxsiy hayoti ko‘plarga ma’lum. U uch bor turmushga chiqqan, qizi Kristina Orbakayte ham qo‘shiqchi. Uni onasi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi, biroq shu holida ham ancha mashhur.
Afsona bir necha yil avval o‘zidan 27 yosh (!) kichik mashhur san’atkor Maksim Galkinga turmushga chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi